Koinotdan yangilik: asteroiddan olingan tosh va chang namunalari ochildi
Bu haqda NASA maʼlumot berdi.

NASA Osiris-Reks kosmik kemasi tomonidan Bennu asteroididan olingan tosh va chang namunalari boʻlgan kapsula vintlari bir necha oydan soʻng ochilganini eʼlon qildi. Xabarda aytilishicha, kapsuladagi 35 vintdan oxirgi 2 tasi olib tashlangan.
"Bizning muhandislarimiz va olimlarimiz ushbu toʻsiqni yengib oʻtishdi, shuningdek,ular 70 grammdan ortiq materiyani tekshirishga imkon beradigan yangi vositalarni loyihalashtirmoqda, ishlab chiqmoqda", dedi NASAning Xyustondagi Jonson koinot markazining tadqiqot va qidiruv fanlari (ARES) boʻlimi, Kosmik materiallar boʻlimi boshligʻi Eylin Stansberi.
Olimlarning taʼkidlashicha, yopishtirilgan vintlarni olib tashlashda namunalarni ifloslantirmaydigan va shikastlamaydigan maxsus asboblardan foydalanish kerak.
Shu maqsadda ikkita yangi asbob yuqori sifatli zanglamaydigan poʻlatdan, kapsulada foydalanish uchun tasdiqlangan eng qattiq metalldan ishlab chiqilgan.
Taʼkidlanishicha, soʻz yuritilayotgan ikkita qurilma foydalanishdan oldin jamoa tomonidan Doktor Jonson kosmik markazidagi laboratoriyasida sinovdan oʻtkazilgan.