Istanbul Modernning yangi binosi "moʻjiza asarlar" roʻyxatiga kiritildi
Bino Renzo Piano boshchiligidagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.

Istanbul Modernning yangi binosi 100 yildan ortiq vaqtdan beri nashr etilgan, dunyoning yetakchi arxitektura va dizayn jurnallaridan biri Architectural Digest tomonidan aniqlangan "2024 yilning moʻʼjiza asarlari" roʻyxatiga kiritildi.
Architectural Digest tomonidan har yili eʼlon qilingan va "Moʻʼjiza asarlar (Works of Wonder)" roʻyxati sifatida ham tanilgan "2024 WoW Roʻyxati"ga kiritilgan Istanbul Modernning yangi binosining sanoat va zamonaviy dizayni maqtovga sazovor boʻldi.
Istanbul Modernning yangi muzey binosini ham oʻz ichiga olgan ushbu roʻyxatga ochilishi bilan dong taratgan va dunyodagi eng katta LED globus sifatida taʼriflangan Las-Vegasdagi "Sfera", Madriddagi Qirollik kolleksiyalari galereyasi va Xirosimadagi Simose sanʼat muzeyi bilan butun dunyodan jami 18 ta ajoyib binolar kiritilgan.
Turkiyaning Galataportdagi birinchi zamonaviy va zamonasiga uygʻun sanʼat muzeyi boʻlgan Istanbul Modernning yangi binosi, muzeyning asoschisi Ejzajibashi Grup va uning bosh homiysi Dogʻush Grup-Bilgili Holdingning birgalikdagi hissasi bilan qurilgan.
Istanbul Modern yangi binosining loyihasi butun dunyo boʻylab mashhur madaniyat va sanʼat muassasalari hamda muzeylari arxitekturasida taniqli Renzo Piano boshchiligidagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.