platina.uz
Jamiyat

Boʻka hokimi oʻz arizasiga koʻra ishdan olindi

Uning oʻrniga Baxtiyor Begmatov tayinlandi.

Boʻka hokimi oʻz arizasiga koʻra ishdan olindi

Nizomiddin Abbosov sogʻligi yomonlashgani tufayli oʻz arizasiga binoan Boʻka tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.

Uning oʻrniga Baxtiyor Begmatov tayinlandi. Bungacha u Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari - mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Baxtiyor Begmatov 1976 yili Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 1998 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2001 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamoat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid