platina.uz
Jamiyat

Atoqli olim va fan doktori olamdan oʻtdi

U jami 726 ta ilmiy ishlarning, jumladan 73 ta ixtiro muallifi sanaladi. 

Atoqli olim va fan doktori olamdan oʻtdi

Texnika fanlari doktori, professor, "Fidokorona xizmatlari uchun" va "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi Mahamad Toshboltayev 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.

Mahamad Toshboltayev 1947 yil 18 fevralda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.

Mahamad Toshboltayev qishloq xoʻjaligi sohasida 19 nafar fan doktori, doktorant, mustaqil tadqiqotchi va magistrlarga ilmiy rahbarlik qilgan. U jami 726 ta ilmiy ishlarning, jumladan 73 ta ixtiro, 78 ta monografiya, kitob va risola hamda 575 ta ilmiy maqola muallifidir.

Umrining soʻngiga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari vafot etgani xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid