platina.uz
Jamiyat

8 nafar hokim ishdan ketishi mumkin

Oldinroq iqtisodiy kompleksdagi oʻrinbosarlar soni qisqarishi maʼlum boʻlgandi. 

8 nafar hokim ishdan ketishi mumkin

Prezident oʻtkazayotgan yigʻilishda sakkiz nafar hokim ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

Byudjet tushumi uchun eng katta zaxira – yerlarni tadbirkorlarga auksion orqali sotishdir. Oʻtgan yili bundan 1 trillion soʻm tushum boʻldi, 12 mingta yangi loyihalar qoʻshildi. Lekin joylardagi sustkashlik bois, oʻtgan yili 3 trillion soʻm qoʻshimcha tushum boy berildi.

Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.

Davaktiv agentligi yerlarni auksionda sotish boʻyicha 4 trillion soʻmlik rejani tumanbay ishlab chiqishi va ijrosini taʼminlashi belgilandi.

Tumanning master rejasi boʻlsa, bu juda katta mablagʻ, tadbirkorlar va bandlik uchun manba boʻladi. Lekin hozirgacha bor-yoʻgʻi 17 ta kichik aholi punktining master rejasi tayyorlandi.

Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yil yakuniga qadar 70 ta, kelasi yili barcha tumanlarning master rejalarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.

Oldinroq iqtisodiy kompleksdagi oʻrinbosarlar soni qisqarishi aytilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid