Oʻzbekistonlik shaxs internetda tanishgan moskvalik ayolni oʻldirishda gumonlanmoqda
U ayol bilan uchrashuvdan soʻng darhol aeroportga joʻnab ketgan.

Tanishuv ilovasi orqali uchratgan moskvalik ayolni oʻldirishda gumon qilingan shaxs Oʻzbekistonga qochgani maʼlum boʻldi.
35 yoshli Shohnazar Eshboyev jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda. U marhum ayol bilan uchrashuv soʻng, darhol Vnukovo aeroporti orqali vataniga joʻnab ketgan.
Moskvada istiqomat qiluvchi 41 yoshli ayol tanishuvlar ilovasi orqali Nazar ismli shaxs bilan tanishgan. U ayolni uchrashuvga taklif qildi va ular 9 yanvar kuni kechqurun uchrashishgan.
Ular spirtli ichimliklar sotib olib, koʻpqavatli uylardan birining yertoʻlasiga yoʻl olishgan. Ayol oʻzini himoya qilish uchun qiziga joyning geolokatsiyasini yuborgan. Biroq, shundan keyin u muloqotga javob berishni toʻxtatdi. Ikki kundan soʻng uning jasadi yertoʻla yaqinidagi qurilish sumkasidan topilgan.
Tergovchilar gumonlanuvchining shaxsini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. U oʻzini Nazar nomi bilan tanishtirgan Rossiyaga ishlash uchun kelgan. Jinoyat sodir boʻlgan kunning ertasiga u Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Moskva prokuraturasi tergov harakatlarini olib bormoqda.




