Samarqanddagi bogʻda yongʻin chiqdi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 mln. soʻmni tashkil etadi.
Jamiyat
14-yanvar 2024 yil

13 yanvar kuni Samarqand viloyatida joylashgan "Zarafshon" milliy tabiat bogʻining "Olmazor" mahallasi hududida joylashgan qismida yongʻin kelib chiqqan.
Holat boʻyicha yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar aniqlanmagan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 mln. soʻmni tashkil etadi.
Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlangan.