platina.uz
Jamiyat

Hafta boshida havo keskin sovib ketadi

Ayrim hududlarda harorat -13 darajagacha tushib ketishi mumkin.

Hafta boshida havo keskin sovib ketadi

Respublika Gidrometeorologiya xizmatining 15-17 yanvar kunlari uchun bergan prognoziga koʻra, Oʻzbekiston havo soviydi.

Respublika shimolida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 15 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-17 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 15 yanvarda 0-5° iliq, 16 yanvarda 5-10° iliq, 17 yanvarda 7-12° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 15 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi
0-5° sovuq, 17 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo biroz bulutli boʻladi, 15 yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
17 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 16 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli boʻladi, 15 yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-17 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 17 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Fargʻona vodiysida havo biroz bulutli boʻladi, 15 yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 17 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 17 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, 15-16 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 17 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 16-17 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid