Tergov departamenti rahbari ishdan olindi
Abdulxakov bu lavozimga 2021 yilda kelgandi.

Abdulxakov Yaxyojon Artikboyevich Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Tergov departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.
Bunga uning boshqa ishga oʻtayotgani sabab sifatida keltirilgan, ammo uning qanday ishga oʻtishi ochiqlanmagan.
Abdulxakov bu lavozimga 2021 yil fevralida tayinlangan. Undan avval Andijon viloyatida ishlagan.