AQSh va Britaniya Yamanga zarba berishni boshladi
Xusiylar buning uchun oʻch olishga vaʼda bergan.

AQSh va Britaniya Yamandagi husiylarga zarba berishni boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
AQSh va Buyuk Britaniyaning samolyotlari va harbiy kemalari juma kuni kechqurun Yamandagi isyonchi husiylar guruhiga zarba berishni boshladi, ular Eron koʻmagida Qizil dengizdagi tijorat kemalariga hujum qilishda ayblanayotgan edilar.
Yaqin Sharq matbuotining yozishicha, zarbalar, xususan, port shahri Hudeyda va Yaman poytaxti Sanadagi nishonlarga berilgan. Maqsadlar - husiylarning oʻquv bazalari va qurol-yarogʻ omborlari yoʻq qilish deya izohlangan.
AQSh rasmiylari Reuters muxbirlariga husiylarga qarshi kampaniya boshlangani haqidagi maʼlumotni tasdiqladilar.
Yamandagi xusiylarning "Ansor Alloh" guruhi hujum uchun AQSh va Buyuk Britaniyadan oʻch olishga vaʼda berdi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 7 oktabrda boshlangan Isroil-Falastin mojarosi yana Husiylarni dunyo yangiliklarining birinchi qatoriga olib chiqdi: ular Isroilga qarshi ekanliklarini ochiq bayon etib, amaliy qadamlar ham qoʻya boshladi.
Husiylar Livanning “Hizbulloh” shia qurolli guruhi tuzumini oʻzlariga namuna sifatida olishgan.
Amerikaning Terrorizmga qarshi kurash markazi tadqiqot institutiga koʻra, Hizbulloh 2014 yildan beri Husiylarga jangchilarni tayyorlashda yordam berib keladi.