platina.uz
Jamiyat

Turk politsiyasi Interpol qidiruvga bergan oʻn kishini ushladi

Ular orasida Oʻzbekistonga tegishli shaxs(lar) ham bor. 

Turk politsiyasi Interpol qidiruvga bergan oʻn kishini ushladi

Turk politsiyasi Istanbulda uyushgan jinoyatchilikka aloqadorlikda ayblanib, Interpol tomonidan qidiruvga berilgan 10 nafar gumonlanuvchini ushlanganini eʼlon qildi. Ular orasida Oʻzbekistonga aloqador shaxslar ham borligi aytilmoqda, ularning soni ochiqlanmagan. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

"Interpolning qizil bildirishnomalari bilan olti davlat tomonidan qidiruvga berilgan 10 kishi Istanbulda "Cage-30" operatsiyasida qoʻlga olindi", deydi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya X ijtimoiy tarmogʻida.

Xalqaro uyushgan jinoyatchilik va narkotik savdogarlariga qarshi kurashni davom ettirishga vaʼda bergan vazir gumondorlarga qarshi Eron, Janubiy Koreya, Suriya, Xitoy, Oʻzbekiston va Shveysariya tomonidan qizil bildirishnomalar yuborilganini aytdi.

Gumonlanuvchilar firibgarlik, pul oʻmarish, qimor oʻyinlaridan tortib, migrant kontrabandasi va odam savdosi bilan ayblanyapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid