Oʻzbekiston armiyasi xalqaro reytingda pastladi
AQSh armiyasi dunyoda eng kuchli deya qayd etildi.

Global Firepower talqiniga koʻra, Oʻzbekiston dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida ((2024 Military Strength Ranking)) 145 davlat orasida 65-oʻrinni egalladi.
2023 yilga nisbatan mamlakat uch pogʻonaga – 62-oʻrindan 65-oʻringa tushib ketgan.
Global Firepower Oʻzbekistonning mudofaa byudjetini 796,8 million dollarga baholamoqda. Harbiy xizmatchilar soni 68 ming, xizmatda esa 48 ming kishi mavjud.
Ushbu reytingda Qozogʻiston 58, Turkmaniston 83, Qirgʻiziston 100 va Tojikiston 107-oʻrinni egallagan.
Reytingning dastlabki uch pogʻonasidan AQSh, Rossiya va Xitoy joy olgan. Postsovet makonida yuqori oʻrinlarda Ukraina armiyasi ham qayd etilgan (18-oʻrin). Gʻazoda urush olib borayotgan Isroil 17 -oʻrinda.