Xarid keshbeki uchun cheklov oʻrnatildi
Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek bekor qilindi.

Prezident qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, 1 foiz keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatildi, QQS qaytariladigan mahsulotlar 4 taga koʻpaydi.
Jumladan:
2024 yil 1 yanvardan xarid summasidan 1 keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatildi (BHMning 60 baravari);
Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek berish bekor qilindi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga yana 4 ta mahsulot (un, shakar, dori vositalari hamda tibbiy xizmatlar) xaridi uchun QQS qaytariladi;
QQS "Ijtimoiy himoya reyestri"dagi fuqarolarga oyiga 3,4 mln soʻm (BHMning 10 baravari) miqdoridagi xaridlar doirasida qaytariladi;
Xarid chekida bank kartasi turini (korporativ yoki shaxsiy) koʻrsatish shartligi belgilandi.