platina.uz
Jamiyat

Qahratonda ham tinmaydigan qishloq ayollari (fotohikoya)

Hikoyamiz qahramonlari oxirgi marta oʻziga nima sotib olganini eslolmaydi.

Qahratonda ham tinmaydigan qishloq ayollari (fotohikoya)

Ayollar kimdir uchun ona, opa, singil, yor, vaqti kelganda ota, akadir. Aslida ular tabiatan nozik xilqat, ammo hayot ularga kuchli zarba va taqdirlar beradi.

Bu koʻplab taqdirlar orasida qahramonona yashayotgan ayollar bor. Qoʻli qadoq, kulgulari bilan ajinlarni ham goʻzallashtirib yuborgan ayollardir.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Hikoyamiz qahramonlari oxirgi marta oʻziga nima sotib olganini eslolmaydi. Goʻzallik saloniga ukasining toʻyida borganini, kelin boʻlganiga 10 yildan oshgan boʻlsa-da hali hanuz sepidagi paltoni kiyishini kulib aytadi.

Ulkan goʻzal oynalar ichida emas, hovlisidagi bir kichik oynadagina oʻzlarini akslarini koʻradilar.

Dehqonchilik bilan shugʻullanadigan qishloq aholisining ayollari bahor va yozning 6 oyi juda ogʻir mehnatda oʻtadi. “Qishda ish yoʻq” – deb aytishadi, garchi bu faslda ham tinmasalar ham. Fotosuratlarda qishloq ayollarining ana shu “yoʻq” ishlarini koʻrishingiz mumkin.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Hatto qishda ham quyoshdan avval uygʻonishadi, suv sepishadi. Muzlab yotgan supurgilar bilan sahargi sovuqda qoʻllarini kuhlay-kuhlay istib yarim mahallani supurishadi. Keyin sigir sogʻish, pechkalarga oʻt yoqish, nonushta tayyorlash kabi tonggi ishlarni bir qator qilib chiqishadi.

Chorva mollariga yem (ivitilgan somon, sabzavotlar poʻchoqlari, eskirgan non, kunjara va h.k) tayyorlashadi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Makkajoʻxori poyasi, yeryongʻoq palaklarning maydalab kesuvchi moslama ( shu yerlik xalq tilida “jodi”)da chorvaga yemak tayyorlashadi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Non yopish, kiyimlarni yuvish, kundalik ovqatlar kabi roʻzgʻordagi barcha ishlarni qilishadi. Ayollar kelin olgach asosan turli xil yigʻinlar va toʻylarga borishadi. Endi bu vazifalar kelinning zimmasiga oʻtadi. Shu zaylda avlodlar almashaveradi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Qishloq ayollari bu taqdiriga rozi, yilda bir marta istirohat bogʻiga oilaviy borishini oʻzi yetarli ekanligini koʻzlari baxtdan porlab aytadi. Ayollar bayramida nima olganini bilmasa-da, oʻsha kuni erlari kulib muomala qilishi eng katta sovgʻa ekanligini taʼkidlaydi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Ular faqatgina qizlariga bu taqdirni ravo koʻrmaydilar, bu qishloqdan chiqib ilm olishlarini, hayotlarini yaxshilashini istaydilar xolos.

Fazilat Soib

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid