platina.uz
Jahon

Pentagon rahbari saratonga chalingani aniqlandi

Avvalroq u yashirin tarzda davolanib chiqqandi. 

Pentagon rahbari saratonga chalingani aniqlandi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga prostata saratoni tashxisi qoʻyildi. Dekabr oyida Pentagon rahbari operatsiya qilingan.

Bu haqda Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markazi shifokorlari maʼlum qildi, deb yozadi Politico nashri. Qayd etilishicha, u 2024 yilning 1 yanvarida operatsiyadan keyingi asoratlar tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

"Bayonotga koʻra, Ostin dekabr oyi boshida prostata bezini muntazam tekshiruvdan oʻtkazgan, natijada shifokorlar prostata saratonini aniqladilar.

22 dekabrda u umumiy behushlik ostida saratonni davolash uchun "minimal invaziv" operatsiyani oʻtkazdi, bu prostatektomiya deb ataladi.Ostin tuzalib, uyiga joʻnatilgan. Lekin 1 yanvar kuni u “22 dekabrdagi muolajadan kelib chiqqan asoratlar, jumladan, qorin, son va oyoqlarda kuchli ogʻriqlar bilan kechgan koʻngil aynishi bilan” shifoxonaga qayta yotqizilgan, deydi doktor Jon Maddoks va doktor Gregori Chesnut.

Eslatib oʻtamiz, AQSh mudofaa vazirining shifoxonaga yotqizilgani jamoatchilik va hatto prezident Baydendan yashirilgan va bu noroziliklarga sabab boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid