platina.uz
Jahon

Xitoy AQShga jiddiy norozilik bildirdi va beshta kompaniyaga sanksiya kiritdi

Pekin vakili buning sababini tushuntirdi. 

Xitoy AQShga jiddiy norozilik bildirdi va beshta kompaniyaga sanksiya kiritdi

Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQShning beshta kompaniyasiga sanksiya kiritdi va norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilgan.

"Qoʻshma Shtatlar Xitoyning Tayvan mintaqasiga qurol sotish va turli bahonalardan foydalanib, Xitoy kompaniyalari va shaxslariga bir tomonlama noqonuniy sanksiyalar qoʻllash orqali mamlakat suvereniteti va xavfsizlik manfaatlariga jiddiy zarar yetkazmoqda", - deydi TIV vakili.

Uning qayd etishicha, Vashingtonning bunday harakatlari Tayvan boʻgʻozidagi tinchlik va barqarorlikka ham tahdid soladi hamda Xitoy kompaniyalari va jismoniy shaxslarining qonuniy huquq va manfaatlariga jiddiy putur yetkazadi.

Shuningdek, Xitoy hukumati Amerikaning beshta harbiy kompaniyasiga, jumladan BAE Systems Land and Armament, Aliant Techsystems Operation, AeroVironment, ViaSat larga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Ushbu chora-tadbirlar Xitoyda koʻchmas va boshqa turdagi mulklarni muzlatish, shuningdek, Xitoy tashkilotlari va jismoniy shaxslariga ular bilan savdo qilish, hamkorlik qilish va boshqa faoliyatni taqiqlashni oʻz ichiga oladi. Rasmiy Pekin Vashingtonni “yagona Xitoy” tamoyili, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy normalarini qoʻllab-quvvatlashga, Tayvanni qurollantirishni va Pekinga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni toʻxtatishga chaqirdi.

"Aks holda, Xitoy qatʼiy va kuchli javob qaytaradi", - deya ogohlantirdi Tashqi ishlar vazirligi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid