platina.uz
Jahon

Qozogʻiston Orol tubida million gektarlik oʻrmon barpo qiladi

Oʻzbekistonda ham oʻtgan yili 100 ming gektar yerga saksovul ekilgan. 

Qozogʻiston Orol tubida million gektarlik oʻrmon barpo qiladi

Orol dengizi tubining Qozogʻiston tomonida million gektardan ziyod saksovul oʻrmoni barpo etiladi. Bu haqda Tengrinews.kz Qozogʻiston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligiga asoslanib maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida 2025 yilgacha Orol dengizining qurigan tubida umumiy maydoni 1,1 million gektar maydonda oʻrmon melioratsiyasi ishlarini olib borish vazifasini qoʻygan.

“Saksovulning maksimal yashovchanligini taʼminlash uchun ilmiy tavsiyalar va ishchi loyihalar (mexanizatsiyalashgan ekish) asosida oʻrmon melioratsiyasi ishlari olib boriladi.

Orol dengizi tubining Qozogʻiston qismi Oʻzbekiston hududiga qaraganda shoʻrlangan.

Orol dengizi tubida oʻrmon yaratish uchun 753 ming gektar maydonda tuproq oʻrganish ishlari olib borildi. Ye

Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi hamda Qiziloʻrda viloyati hokimligining saʼy-harakatlari bilan oʻtgan uch yilda 544,5 ming gektar maydonga oʻrmon ekilgan boʻlsa, joriy yilda yana 275 ming gektar maydonga oʻrmon yekish rejalashtirilgan. Qozogʻiston ekologiya vazirligi xalqaro tashkilotlar, jumladan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi, Jahon banki, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil yoz va kuz oylarida Oʻzbekiston va Qozogʻiston mutaxassislari Orol dengizi tubiga saksovul va boshqa koʻchatlar ekish boʻyicha tajriba almashishdi. Tashriflar natijasida Orolboʻyida oʻrmon xoʻjaligi sohasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum imzolandi.

Taʼkidlash kerakki, hozirgacha Orolning qurigan 1,8 million gektar tubiga saksovul ekilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid