platina.uz
Jamiyat

Alisher Shodmonov ham ishdan olindi

Uning ishdan ketishiga uzoq muddatli davolanish uchun mehnat taʼtiliga chiqishi sabab sifatida koʻrsatilgan.

Alisher Shodmonov ham ishdan olindi

Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Shodmonov ishdan olindi. U 2023 yil avgustda tayinlangandi.

Uning ishdan ketishiga uzoq muddatli davolanish uchun mehnat taʼtiliga chiqishi sabab sifatida koʻrsatilgan.

Shodmonovning vazifasini vaqtinchalik bajarish Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sogʻliqni saqlashni rivojlantirish shuʼbasi mudiri Davron Sultonov zimmasiga yuklatilgan.

Avvalroq Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ham ishdan olingan va oʻrniga administratsiyadan odam qoʻyilgan edi. Inoyatov bugun Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid