Prezident bir qator prokurorlarni mukofotladi
Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari kuni bilan bir qator soha fidoyilarini mukofotladi.
Jamiyat
8-yanvar 2024 yil

Prokuratura organlaridagi koʻp yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Mardlik» ordeni bilan
- Aminov Shoxrux Azamatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari
- Xamdamov Ulugʻbek Aslonovich - Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar prokurori
«Doʻstlik» ordeni bilan
- Yerniyazova Venera Tajetdinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
«Jasorat» medali bilan
- Abdilazizov Davronbek Maxmudjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
- Buronov Nurbek Erkinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
- Boltayev Halim Husanboyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi
- Muratov Jaxongir Dilshatovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori
- Sayfulloyev Erkin Xudoyorovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
- Fayziyev Vaxob Kamolovich - Buxoro viloyati Kogon shahar prokurorining katta yordamchisi
«Shuhrat» medali bilan
- Abduxakimov Murodullo Togayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi
- Karimov Xurshid Akramovich - Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshligʻi
- Qodirov Abdumoʻmin Abdumajit oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani boʻlimi davlat ijrochisi
- Tashpulatov Xurshid Sabirjanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Yunusobod tumani boʻlimi boshligʻi
- Xabiljonov Ulugʻbek Xabiljon oʻgʻli - Toshkent viloyati Angren shahar prokurori