platina.uz

AQShda ikkita alohida jinoyatda ayblangan senator tarixga kirdi

Nyu-York janubiy okrugi federal sudiga taqdim etilgan 39 sahifalik ayblov xulosasida Menendez va uning rafiqasi poraxoʻrlikda ayblangan.

Jahon
8-yanvar, 14:28
AQShda ikkita alohida jinoyatda ayblangan senator tarixga kirdi

Amerikalik senator Bob Menendez va uning rafiqasi “pora olish”da ayblanmoqda.

Senat faoliyati xulosasiga koʻra, 69 yoshli Menendez AQSh tarixida birinchi marotaba ikkita alohida jinoyatda ayblangan senator sifatida qayd etildi.

Nyu-York janubiy okrugi federal sudiga taqdim etilgan 39 sahifalik ayblov xulosasida Menendez va uning rafiqasi Nadin Arslanyan Nyu-Jersi ishbilarmonlari bilan aloqalarida poraxoʻrlikda ayblangan.

Bir yildan uzoq davom etgan tergov doirasida federal prokurorlar Menendezning uyida tintuv oʻtkazdi va 100 ming dollarlik ikkita buyum topdi. Oltin kumush tanga va 480 ming dollar yashirin naqd pullar ham boʻlgani maʼlum qilindi. Ayblov xulosasida Menendez senatorlik mavqeidan foydalanib, oltin va naqd pullardan tashqari, noqonuniy uy-joy ipoteka toʻlovlari, tartibsiz ish uchun tovon puli va hashamatli avtomobil sotib olish kabi korrupsiya bilan shugʻullangani taʼkidlandi.

Bundan tashqari, senatorga qarshi olib borilgan surishtiruvlar natijasida bu soha boʻyicha tajribaga ega boʻlmasa-da, butun AQSh boʻylab halol sertifikatini oʻz zimmasiga olgani aniqlandi. Shuningdek, u tenderda gʻolib chiqishi evaziga “IS EG Halal” startap kompaniyasidan pora olgani ham qayd etilgan.

2019 yilda koʻplab kompaniyalarning shartnomalari bekor qingan boʻlsa-da, “IS EG Halal”ning Misr bilan butun dunyo boʻylab halol goʻsht sertifikatini olish boʻyicha maxsus shartnomasi shubha uygʻotdi.

Tenderning ommaviy muhokamasida “IS EG Halal” egalari va Menendezning rafiqasi doʻst ekani maʼlum boʻldi va Menendezning har yili Misrga millionlab harbiy yordamni maʼqullaydigan Senat tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi lavozimini egallashi eʼtirozli ekani aytildi.

Xulosa qilib aytganda:

  • Senator pora olishda ayblandi;
  • “Pora olishda” ayblangandan Menendez AQSh Senatining tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi lavozimini tark etdi;
  • AQSh Kongressining yetakchi arboblaridan biri boʻlgan Bob Menendez oltin bilan bogʻliq muammoga duch keldi;
  • FQB Misr razvedkasi Menendez ayblanayotgan poraxoʻrlik voqeasiga aloqador yoki yoʻqligini tekshirmoqda.

Manxettenda boʻlib oʻtgan sudda Menendez va rafiqasi advokatlari orqali qoʻyilgan ayblovlarni qabul qilmasliklarini aytishdi. Ayblov xulosasida Menendez bilan poraxoʻrlikda ayblangan nyu-jersilik tadbirkorlar Fred Daybes va Xose Uribe ham ayblovlarni rad etishdi.

Menendez avval ham poraxoʻrlik va korrupsiyada ayblangan edi. 2015 yilda uni Floridadagi bir koʻz shifokoridan 600 ming dollar olgan, yana shaxsiy samolyotda sayohat qilish va Parijdagi 5 yulduzli mehmonxonada 3 turar joy uchun dollarlar va koʻproq sovgʻalar qabul qilishda ayblashgandi.

2015 yilgi ayblov boʻyicha sud davom etayotganiga qaramay, 2017 yil noyabr oyida hakamlar hayʼati uni poraxoʻrlikda ayblagan, firibgarlik, fitna vat til biriktirish kabi ayblovlar bilan berk koʻchaga kirib qolganidan keyin ishni toʻxtatishgan va ayblovlarning bir qismi sudya tomonidan rad etilgandi.

Menendez ishni olib boruvchi sudya kafillik qilishi evaziga 100 ming dollar garov evaziga ozod qilindi.

Bundan tashqari, senator advokati ishtrokisiz xotinidan tashqari ishga aloqador boshqa ayblanuvchilar bilan, shuningdek, Kongressdagi Senat xodimlari, Tashqi aloqalar qoʻmitasi xodimlari yoki ish faktlari haqida shaxsiy maʼlumotga ega boʻlgan siyosiy maslahatchilar bilan aloqa qilishi taqiqlanadi.

Ayblov xulosasiga koʻra, Nyu-Jersi shtatining demokrat senatori Menendez 10 yil ichida ikkinchi marotaba korrupsiyada ayblandi.

2006 yildan beri Nyu-Jersi senatori boʻlib ishlagan Menendez 2024 yildagi AQSh prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan yana Kongressga nomzodini qoʻyishi kutilmoqda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+