Yapon olimi oʻzbek tili boʻyicha yangi darslik chiqardi
Kitob lotin alifbosida chop etilgan.

Yaponiyada oʻzbek tili boʻyicha yangi qoʻllanma chop etildi. Lotin yozuvida chiqarilgan 160 sahifadan iborat kitob oʻzbek tilining grammatikasini oʻz ichiga olgan 20 ta kirish darsidan iborat.
Darslik muallifi Tokio chet tillar universiteti xodimi Xidaka Sinsuke sanaladi. Uning fikricha, oʻquvchilar darslikdagi barcha darslarni tugatgandan soʻng, ular Oʻzbekistonga tarjimonsiz sayohat qilishlari va biznes tashriflarini amalga oshirishlari mumkin.
Ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirish uchun esa Sinsuke audio darslarni tayyorladi.
Ushbu nashr yaqin kunlarda, yaʼni 29 yanvarda sotuvga chiqariladi.
Maʼlumot uchun, Xidaka Sinsuke 2007 yildan beri oʻzbek tilini oʻrganmoqda. 2014-2016 yillarda Oʻzbekiston fanlar Akademiyasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va "Oʻzbekiston-Yaponiya" markazida yapon tilidan dars bergan.