Taniqli yozuvchi vafot etdi
Marhum Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi Bahodir Abdurazzoq bugun 50 yoshida vafot etdi. Bu haqda uyushma xabar berdi.
Bahodir Abdurazzoq 1974 yili Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi Qorabogʻ qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1999).
Uning "U" (2012), “Rimdagi qotillik” (2009) qissalari, “Umr tenglamasi” (2003), “Armonmisan, muhabbat” (1993) kabi kitoblari nashr etilgan.