platina.uz
Jamiyat

Chiqindiga pul toʻlatishning yangicha usuli joriy etilyapti

Hozir hududlarda chiqindi uchun toʻlovlar qimmatlashishni boshlagan. Xususan, Toshkentda narx salkam 2 baravar oshirilgan.

Chiqindiga pul toʻlatishning yangicha usuli joriy etilyapti

Endi qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs elektr energiyasi uchun pul toʻlolmaydi.

Bu prezident 4 yanvarda imzolagan "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonida belgilangan.

Unga koʻra, chiqindi xizmatlari uchun oĭlik tŭlovlardan qarzdorligi bŭlgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi. Ogohlantirilgandan keĭin tŭlov qilmagan abonentlar qarzdorlikni bartaraf etmaguncha elektr energiyasi uchun pul toʻlashi vaqtinchalik cheklanadi.

Bunda:

  • 1-bosqichda 2024 yilning 1 iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari boʻyicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
  • 2-bosqichda 2024 yilning 1 noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
  • 3-bosqichda 2025 yilning 1 yanvaridan eʼtiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga toʻlovni amalga oshirishda cheklovlar oʻrnatiladi.

Bu cheklovlar 2023 yil 31 dekabrgacha toʻplangan qarzlarga taʼsir qilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, hududlarda chiqindi uchun yangi tariflar tasdiqlana boshlagan. Xususan, Toshkentda narx salkam 2 baravar oshirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid