platina.uz

Chiqindi tashlaganlarni ushlab berganlar qoʻshimcha pul ishlab oladi

Bu taklif Ekologiya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari hamda Milliy gvardiya tomonidan berilgan.

Jamiyat
6-yanvar 2024 yil
Chiqindi tashlaganlarni ushlab berganlar qoʻshimcha pul ishlab oladi

Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarni ushlab bergan fuqarolar va vakolatli organlar maʼlum miqdorda moddiy ragʻbatlantiriladi.

Bu takliflar Ekologiya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari hamda Milliy gvardiya tomonidan berilgan.

Masalan, mashina yoʻllariga foto va video qayd etish vositalarini oʻrnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi beriladi. Bunda tadbirkorlar javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlapning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Shuningdek, aholiga oʻz tashabbusi bilan chiqindixonalarga aylangan yoki tizimli ravishda chiqindilar noqonuniy ravishda tashlab ketiladigan hududlarda oʻz mablagʻlari hisobidan foto va video qayd etish vositalarini oʻrnatish yuzasidan Ekologiya vazirligiga buyurtma berish imkoniyati yaratiladi. Bunda undirilgan jarimaning 20 foizi buyurtma bergan shaxslarga oʻtkaziladi.

Ekologik patrulga jalb qilingan Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan ekologik huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi ushbu xodimlarni ragʻbatlatirishga yoʻnaltiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+