platina.uz
Jamiyat

Vazirlik xodimi katta pora bilan ushlandi

DXXning Samarqand boshqarmasi tezkor tadbir oʻtkazdi. 

Vazirlik xodimi katta pora bilan ushlandi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi katta pora bilan ushlandi. U xizmat mavqeidan foydalangan holda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga goʻyoki AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Qoʻshma Shtatlarga yuborish evaziga 14 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, 1999 yilda Oqdaryo tumanida tugʻilgan, hozirda AQShda yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Samarqand iqtisodiyot va servis institutida oʻqiydigan qarindoshi bilan oʻzaro til biriktirib, mahalliy fuqaroni Meksika orqali Qoʻshma Shtatlarga ishga yuborish evaziga undan 16 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Iqtisodiyot va servis instituti talabasi soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, hozirda Qoʻshma Shtatlarda yashayotgan oqdaryolik shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni Amerikaga ishga yuborishni vaʼda qilib, ulardan 41.600 AQSh dollari olgan va oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq sobiq hokim 200 ming dollar olayotganda qoʻlga tushgandi.

Shuningdek DXX yer sotishga aralashgan hokim yordamchisini ham ushlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid