platina.uz
Iqtisod

Byudjet tashkilotlari maoshi nega kechikmoqda?

Vazirlik muammo qachon hal boʻlishi mumkinligini aytdi. 

Byudjet tashkilotlari maoshi nega kechikmoqda?

Tarmoqda byudjet tashkilotlarining dekabr oyi maoshi berilmayotgani boʻyicha xabarlar berilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi.

Vazirlik izohiga koʻra, UzASBO-2 tizimiga oʻtilishi ayrim uzilish va muammolar keltirib chiqarayotganini qayd etgan holda, ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar koʻrilayotganini maʼlum qilgan.

"Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar koʻrildi hamda UzASBO-2 tizimi orqali byudjet tashkilotlarining dekabr oyi II yarmi uchun 35 foiz byudjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi taʼminlandi.

Ish haqini toʻlash jarayonida UzASBO-2 tizimining bir maromda ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar koʻrilmoqda", deya taʼkidlanadi vazirlik maʼlumotida.

Taʼkidlash kerakki UzASBO tizimida avvalgi yillarda ham shunga oʻxshash muammolar kuzatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid