Toshkentda chiqindi uchun toʻlov qariyb ikki barobarga oshirildi
Shahar hokimining tegishli qarori eʼlon qilindi.

Toshkent shahrida chiqindini toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlov tariflari miqdorining yangi narxlari tasdiqlandi. Bu boʻyicha shahar hokimining qarori eʼlon qilindi.
Hujjat bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2023 yil 29 noyabrdagi qarori tasdiqlandi.
Unga belgilanishicha, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun koʻrsatiladigan xizmatlar — aholi uchun (bir kishi bir oyda) 7500 soʻm QQSsiz (amaldagi narx 4500 soʻm).
Bu miqdor byudjet tashkilotlari uchun QQSsiz 89 977 soʻmni tashkil etadi (amaldagi narxi 53 ming 986 soʻm).
Narxlar qaror eʼlon qilingan kun, yaʼni 2024 yil 4 yanvardan amalga kiritiladi.
Avvalroq, Surxondaryoda ham narxlar oshirilgandi.