platina.uz
Jamiyat

Ekologiyasi buzilgan toshkentliklarga niqob taqish tavsiya etildi

Poytaxt xalqaro reytingda hatto Hindiston shaharlarini ham ortda qoldirdi. 

Ekologiyasi buzilgan toshkentliklarga niqob taqish tavsiya etildi

Toshkent aholisiga niqob taqish tavsiya etilmoqda.

Xalqaro "Havo sifati indeksi" sayti ayni vaqtda Toshkent shahri havosida PM 2.5 konsentratsiyasi JSST havo sifatining yillik standartidan 13,4 baravar yuqoriligini koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston poytaxti havo iflosligi boʻyicha hatto Mumbay va Lahor shaharlarini ham ortda qoldirgan.

Sayt bu yerdagi havo sifatini nosogʻlom, deya baholagan. Va Toshkent aholisiga tashqarida mashq qilmaslik, iflos havodan saqlanish uchun derazalarni yopish, maska taqish hamda havo tozalagichlarni ishga tushirishni(agar bunday uskuna boʻlsa albatta) tavsiya etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtda chang-toʻzon hodisalari nafaqat Toshkent, balki Oʻzbekiston uchun odatiy jarayonga aylanib bormoqda. Avvalroq BMT ham Oʻzbekistondagi holat boʻyicha tashvishli bayonot bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid