platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida ham jamoat transporti qimmatladi

Bu boʻyicha tegishli qaror eʼlon qilindi. 

Toshkent viloyatida ham jamoat transporti qimmatladi

Toshkent viloyati shaharlarida jamoat transporti narxi oʻzgardi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.

Aytilishicha, yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha korxona va tashkilotlarga qarashli yoʻnalishlardagi yoʻlovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tariflari qayta ishlab chiqilgan.

Unga koʻra, avtobuslarda 1 nafar yoʻlovchi uchun 1 500 soʻm, yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda 2 000 soʻm etib belgilandi.

Qaror 2023 yil 29 dekabrda eʼlon qilingan, hujjat oʻsha paytdayoq kuchga kirishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, avval Toshkent shahri, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida ham jamoat transporti narxi oshgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid