platina.uz

Shaxsiy biznesi bor hokimlar va amaldorlar oshkor boʻldi

Ularning orasida 2 nafar hokim, 1 nafar vazir oʻrinbosari ham bor.

Jamiyat
3-yanvar, 19:34
Shaxsiy biznesi bor hokimlar va amaldorlar oshkor boʻldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi shaxsiy biznesi bor hokimlar va bir qator amaldorlarni oshkor qildi.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim mansabdor shaxslar tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelayotganiga oid eʼlon qilingan xabarlar va boshqa ochiq maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan oʻrganishlar bunga asos boʻlgan.

Xususan:

  • “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUK bosh direktori Sherali Abdujabbarov;
  • Mirobod tuman hokimi Anvar Sayfutdinov;
  • “Milliy antidoping agentligi” rahbari Abdushukur Sadikov;
  • “Axborotlashtirish bosh markazi” UK rahbari Dilshod Sarixodjayev;
  • Boʻston tumani hokimi Sanobar Nosirova;
  • “Milliy PR-markazi” DUK direktori Dilfuza Samandarova;
  • Energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov;
  • Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov.

Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan agentlik koʻrgan choralar natijasida ularning taʼsischilik va rahbarlik faoliyatlari tugatilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+