Qozoq prezidenti keyingi saylovlarda qatnashmasligini aytdi
“Bundan buyon har kim oʻzi xohlaganini qila olmaydi va konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilmaydi”, — dedi Toʻqayev.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev "Egemen Qozogʻiston" nashriga bergan intervyusida navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashmasligini aytdi.
Shunday qilib, Toʻqayev oʻzining ikkinchi muddatga prezidentlik qilishiga imkon beruvchi konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazish niyati haqidagi xabarlarga javob berdi.
“Bundan buyon har kim oʻzi xohlaganini qila olmaydi va konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilmaydi”, — dedi Toʻqayev.
Qozogʻistonning amaldagi rahbariga koʻra, konstitutsiyadagi prezident bir muddatga saylanishi boʻyicha band hech qachon oʻzgarmasligi kerak.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yil yozida Qozogʻistonda asosiy qonunga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi. Yangi qoidalarga koʻra, mamlakat prezidenti bir marta yetti yillik muddatga saylanishi mumkin va uning yaqinlari yuqori davlat lavozimlarini egallamasligi kerak. Oʻzgartirishlarni Qozogʻiston aholisining deyarli 80 foizi maʼqullagan.




