Yangi yil kuni Toshkent tumanida uy yonib ketdi
Xabarga asosan yongʻin joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan.

Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 18:18da Toshkent tumani, “Oltintepa” mahallasida joylashgan uyda yongʻin sodir boʻldi.
Xabarga asosan yongʻin joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Ekipajlar soat 18:21da yetib borgan, yongʻin 70 kv.m maydonga tarqalgan.
Qutqaruvchilarning saʼy- harakatlari natijasida olov oʻchirilgan. Xonadonning 150 kv.m. maydoni yongʻindan saqlab qolingan. Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda. Yongʻin oqibatidan halok boʻlgan va tan jarohati olganlar yoʻq, uyning tom qismi va romlari butun qolgan.
Hozirgi vaqtda yongʻin oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida mahalla aholisi, qoʻni-qoʻshnilar tomonidan hashar ishlari oʻtkazilmoqda, deyiladi xabarda.