Yaponiyada oʻta kuchli yer silkinishlari kuzatilmoqda
Zilzila kuchi 7,4 magnitudagacha kuzatilgan, sunami xavfi paydo boʻldi.

Yaponiyaning gʻarbiy qismida 5,6 va 7 magnitudali zilzilalar sodir boʻldi.
Kuchli silkinishlar Osaka va Kiotoda ham sezildi, deya xabar beradi mamlakat meteorologiya agentligi.
Isikava va Niigata provinsiyalariga yaqin dengiz hududida 7.6 magnituda kuchli zilzila kuzatildi.
Natijada sunami xavfi eʼlon qilindi, odamlarni qirgʻoqboʻyi hududini tark etishga chaqirishmoqda, toʻlqin balandligi 5 metrga yetishi mumkin.
Hukumat maʼlumotlariga koʻra, Yaponiya yadroviy inshootlarida zilzilalar natijasida hech qanday favqulodda vaziyatlar qayd etilmagan.




