platina.uz
Jamiyat

Chekishdan qutulishning oddiy yoʻli topildi

Avstriyalik olimlar qiziq tadqiqot oʻtkazdilar. 

Chekishdan qutulishning oddiy yoʻli topildi

Muntazam piyoda sayr qilish chekishni tashlashga yordam beradi. Insbruk universiteti (Avstriya) olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Olimlar kuniga kamida 10 ta sigaret chekadigan va tadqiqotdan 10 soat oldin chekmaslik soʻralgan 16 kishini tadqiqotga jalb qilishdi. Keyin ular uch guruhga boʻlingan. Birinchisida koʻngillilar oʻn daqiqalik tez piyoda yurishdi, ikkinchisida ular yopiq yugurish yoʻlakchasida mashq qilishdi, uchinchisida esa hech narsa qilishmadi. Tamaki isteʼmoli, alomatlari va kayfiyati borasida treningdan oldin, mashgʻulot paytida va keyin soʻrovnoma oʻtkazildi.

Maʼlum boʻlishicha, jismoniy faollik sabab ikkita guruhda ham chekishga ishtiyoq kamaygan. Uchinchi guruh esa u avvalgiday boʻlib qolgan. Bundan tashqari, ochiq havoda vaqt oʻtkazganlar, yopiq joyda vaqt oʻtkazganlarga qaraganda chekishga kamroq ehtiyoj sezishgan.

Olimlarning fikricha, jismoniy faollik yomon odatdan voz kechishning eng oson va eng qulay usuli hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid