Oʻzbekistondagi eng muhim muammo qaysi?
Platina.uz mana shu savol doirasida aholi fikrini oʻrganishga harakat qildi va bugungi kunda yurtimizda ana shunday yechimini kutayotgan, muhim muammolar reytingini aniqladi.

Soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda koʻplab sohalarda islohotlar olib borilib, ular yillar davomida yechimini topayotgan boʻlsa-da, odamlar nazdida ustuvor muammolar hali-hamon uchrab turadi. Oʻzbekistonda eng dolzarb muammo qaysi?
Platina.uz mana shu savol doirasida aholi fikrini oʻrganishga harakat qildi va bugungi kunda yurtimizda ana shunday yechimini kutayotgan, muhim muammolar reytingini aniqladi.
Avvaliga koʻpchilik “deyarli hamma sohada muammo bor, faqat bittasida emas” deb javob bergan boʻlsa, biroz oʻylashgandan soʻng aynan bitta muammoni ajratib olish ularga qiyin kechmadi. Maʼlum boʻlishicha, odamlar eng koʻp aziyat chekayotgan muammolardan biri ishsizlik muammosi. Aholidan birining aytishicha, bugun hatto oliy taʼlimni tamomlagan talabalarni ham ishsizlik muammosi qiynamoqda.
Ishsizlikdan keyingi oʻrinni narx-navo masalasi “egalladi”. Odamlar oyliklar koʻtarilib ulgurmasidan oshib ketayotgan narx-navo muammosining yechimini kutishmoqda.
Keyingi oʻrinlarda doimgidek, taʼlim, sogʻliqni saqlash, korrupsiya, asfalt qilinmayotgan yoʻllar, tirbandlik kabi muammolar sanab oʻtildi.
Odinaxon Dehqonova
