Sobiq vazir Qobul Berdiyev ishdan olindi
Uning oʻrniga boshqa bir sobiq vazir lavozimga tayinlangan.

Sobiq vazir Ravshan Xaydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. U 2001-2002 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ishlagan.
Shu munosabat bilan Qobul Berdiyev ushbu lavozimdan ozod etildi.
Eslatib oʻtamiz, Qobul Berdiyev 2017 yilning sentabr oyi boshlarida mudofaa vaziri lavozimidan olingan va uning oʻrniga hozirda DXX raisi boʻlgan Abdusalom Azizov tayinlangandi. Qobul Berdiyev 2018 yilning bahorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshligʻi sifatida ish boshlagan.