platina.uz
Jamiyat

Germaniyada oʻlim jazosi joriy etilgan kun

Platina.uz 7 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Germaniyada oʻlim jazosi joriy etilgan kun

Bugun Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiya boshlandi.

Bugun Xiva shahrida Xalqaro Etnosport festivaliga start berildi.

Jahon urushi oʻyinchoqlarini yoʻq qilish xalqaro kuni.

Voqealar.

  • 1822 yil – Braziliya Portugaliyadan mustaqilligini eʼlon qildi.
  • 1860 yil – Uels shahzodasining Kanadaga tashrifi chogʻida chinor barglari birinchi marta Kanadaning rasmiy emblemasi sifatidai shlatilgan. Barglarning shakli toj shaklida boʻlgan chinor yaprogʻi Kanadaning rasmiy timsollaridan biridir.
  • 1911 yil – Shoir Giyom Apolliner Luvrdan Mona Lizani oʻgʻirlaganlikda gumon qilinib, qamoqqa olindi. Besh kundan keyin oqlangan.
  • 1933 yil – Maksim Gorkiy yozuvchilar qurultoyida tanqidiy realizm shiorini ilgari surdi.
  • 1939 yil – Germaniyada "nemis xalqining mudofaa qudratiga tahdid" uchun oʻlim jazosi joriy etildi.
  • 1945 yil – Berlinda Gitlerga qarshi koalitsiya mamlakatlari ittifoqchi kuchlarining Gʻalaba paradi boʻlib oʻtdi: SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya.
  • 1947 yil – Moskva metrosida SSSRda birinchi marta stansiyalarda intervalli soatlar qoʻllanila boshlandi.
  • 1951 yil – Kanada pochta xizmati barcha xat joʻnatuvchilar konvertda koʻcha nomini va uy raqamini koʻrsatishi kerakligini eʼlon qildi (bundan oldin koʻpchilik faqat manzilning shahri va familiyasini koʻrsatgan).
  • 1953 yil – Nikita Xrushchev KPSS Markaziy Komitetining Birinchi kotibi etib saylandi.
  • 1991 yil – xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida mustaqil siyosatni roʻyobga chiqarish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat koʻrsatishni taʼminlash va uning samaradorligini oshirish, respublikaning valyuta mablagʻlarini jamlash va ulardan aniq maqsadni koʻzlab foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
  • 1992 yil – "Yangi ruslar" atamasi "Kommersant" gazetasida birinchi marta qoʻllanildi.
  • 1995 yil – Oʻzbekiston alpinizmi tarixida birinchi marta respublikamiz alpinistlari guruhi ikkita baland choʻqqi – Xontangri (6995 metr) va Gʻalaba (7439 metr) choʻqqilarini zabt etishdi.
  • 2000 yil – oʻzbekistonlik hunarmandlar Germaniyaning Hannover shahrida boʻlib oʻtgan Jahon koʻrgazmasi “EKSPO–2000”da qatnashdi. Unda, jumladan, margʻilonlik atlas toʻquvchi hunarmand Muhammadjon Karimov qoʻlda toʻqilgan atlaslarini namoyish etdi. Bundan tashqari buxorolik zardoʻz Shoira Soibova, xivalik yogʻoch oʻymakor hunarmand Shavkat Jumaniyozov yasagan milliy hunarmandchilik buyumlari yevropaliklarda katta taassurot qoldirdi.
  • 2004 yil – oʻzbek jurnalistikasi tarixida birinchi marta nodavlat telekanallar ikki palatali parlament saylovlari jarayonini yorita boshladi. Yaʼni saylov jarayonida aholining faolligini oshirish, ularning mamlakat hayotiga daxldorlik hissi bilan yondashishini taʼminlash maqsadida teledasturlar tayyorlandi.
  • 2007 yil – Margʻilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.
  • 2021 yil – Oʻzbekiston aholisining soni 35 mln nafardan oshdi.

Tavalludlar.

  • 1897 yil – aktyor va rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti Abduvahob Azimov tavallud topdi. U Hamza bilan birga Andijon teatrini tashkil qilishda qatnashgan. Truppaning tashkiliy davrida Hamzaning “Boy ila xizmatchi”, “Fargʻona fojiasi” spektakllarida rejissyorlik va aktyorlik qilgan. Abduvahob Azimov hajviy xarakterli rollarni zoʻr mahorat bilan oʻynagan. Mubolagʻa, mimika va sahna nutqi vositalaridan ustalik bilan foydalangan. U Toshkentdagi Muqimiy nomli musiqali drama va komediya teatrining tashkilotchilaridan biri boʻlgan.
  • 1908 yil – faylasuf olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ibrohim Moʻminov tavallud topdi. U 1956 yildan akademiyaning vitse-prezidenti boʻlgan. Ibrohim Moʻminov Navoiydan tortib, Ahmad Donishgacha boʻlgan yirik mutafakkirlar ijodini tahlil qildi. Uning “Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli” asari (1968), umuman Amir Temur shaxsini ilmiy oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi olimning ilmiy jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi boʻldi. Ibrohim Moʻminov Oʻzbekistonda falsafa maktabiga asos soldi. U vafotidan soʻng, 2003 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
  • 1967 yil – bastakor Xurshida Hasanova tavallud topgan. X.Hasanova 1991-2001 yillarda fortepiano uchun “Variatsiyalar”, “Pesalar”, “Sonatino”, fortepiano va simfonik orkestr uchun bir qismli “Konsert”, simfonik poema, torli orkestr uchun 4 qismli syuita, joʻrsiz xor uchun E.Vohidov soʻziga “Iltijo” ikki qismli turkum xor, skripka, fleyta, goboy, klarnet, fagot kabi cholgʻular, fortepiano joʻrligida yozilgan pesalar, yogʻochli-damli cholgʻular kvartetiga “Kvartet” larni yaratdi. X.Hasanova 1998 yildan buyon zamonaviy estrada va bolalar qoʻshiqchilik sanʼatiga eʼtibor qaratib, 30 dan ortiq turli mavzularda zamondosh shoirlarning soʻzlariga estrada qoʻshiqlari va bolalar uchun qoʻshiqlar yaratdi.
  • 1945 yil – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti Bahodir Yoʻldoshev;
  • 1976 yil – oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi, 1998-2002 yillardagi qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Komil Oʻrinboyev tavallud topgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid