platina.uz
Iqtisod

Xitoy Oʻzbekistonga investitsiya kiritishda Rossiyani ortda qoldirdi

Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 139,1 trln soʻmni tashkil etgan.

Xitoy Oʻzbekistonga investitsiya kiritishda Rossiyani ortda qoldirdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 139,1 trln soʻmni tashkil etgan, eng koʻp investitsiya kiritgan davlat Xitoy boʻlib qolmoqda.

Shundan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiya va kreditlar 59 trln coʻm miqdorida qayd etilgan.

Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan investor – mamlakatlar:

— Xitoy – 20,5 foiz

— Rossiya – 18,8 foiz

— Turkiya – 6,2 foiz

— Saudiya Arabistoni – 8,5 foiz

— Kipr – 4,3 foiz

— Germaniya – 2,7 foiz

— Shveysariya – 2,5 foiz

— Buyuk Britaniya – 2 foiz

— AQSh – 1,9 foiz

— Italiya 0,5 foiz.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda eng yuqori koʻrsatkich Rossiyaga tegishli edi. Oʻsha vaqtda Rossiyaning umumiy ulushi 20 ,3 foizni tashkil etgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid