Mashhur tarixchi Strabonning ona vatani, 8500 yillik tarixga ega Amasiya
Amasiya muzeyida soʻnggi Neolit va ilk Eneolit davri, Bronza, Xet, Rim, Vizantiya, Saljuqiy va Usmonli davrlariga oid koʻplab sivilizatsiya asarlarini uchratish mumkin.

Dunyoga mashhur ilk geograf olimi Strabonning ona shahri; 8500 yillik tarixga qaramay dastlabki koʻrinishini saqlab qolgan, Xetitlardan Turkiya Respublikasigacha boʻlgan koʻplab taraqqiyot bosqichlariga guvoh boʻlgan, Yeshilirmak va uning betakror daralari bilan tanishish uchun Amasiyaga tashrif buyuring! Chuqur ildizga ega madaniyati va tabiati bilan ajralib turadigan shahar, YuNESKOning Jahon merosi taxminiy roʻyxatiga kiritilgan "Harshena togʻi va Pontus qirol qoya maqbaralari", Amasya qalʼasi, muzeylar, Sulton II Boyazid majmuasi, Qizlar saroyi, Yeshilirmakning ikki tomonidagi Yaliboyu uylari va moziy isi ufurib turgan anʼanaviy koʻchalari 8500 yillik tarix qadriyatlarini oʻzida mujassam etadi.
Amasya muzeyi
Amasiya muzeyida soʻnggi Neolit va ilk Eneolit davri, Bronza, Xet, Urartu, Frigiya, Skif-Kimmer, Fors, Pont, Rim, Vizantiya, Saljuqiy va Usmonli davrlariga oid koʻplab sivilizatsiya asarlarini uchratish mumkin.
Amasya muzeyi
Amasya Harshena qalʼasi
Harshena qalʼasi, shahar markazidagi Harshena togʻida joylashgan boʻlib, uchta asosiy qismdan iborat: Yuqori qalʼa (Akropol), Qizlar saroyi (Nekropol) va Quyi qalʼa (Ichki shahar).
Amasiya Harshena qalʼasi
Harshena togʻi va Pontus qirol qoya maqbaralari
Harshena togʻi va Pontus qirol qoya maqbaralari 2015 yilda YuNESKOning Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Qoya mozorlari, Onadoʻlining eng monumental yodgorliklari boʻlib, dunyodagi qoya mozorlari anʼanasining yorqin namunalaridan biridir.
Harshena togʻi va Pontus Qirol qoya mozorlari
Yaliboyu uylari
Yeshilirmak daryosi boʻyida tizilgan anʼanaviy Usmonli saroy va uylari Amasiya meʼmorchiligida muhim oʻrin egallagan va qadimiy Amasiya uylaridan saqlanib qolganlari asosan XIX asrga oid namunalardir.
Yaliboyu uylari