Fargʻonada araqdan 7 kishi zaharlandi, bir kishi halok boʻldi
Holat boʻyicha jinoiy ish ochilgan, tergov harakatlari olib borilyapti.

Fargʻona viloyati Qoʻshtepa va Oltiariq tumanlarida kontrafakt araqdan 7 kishi zaharlandi.
Qayd etilishicha, 2 kishi Qoʻshtepadagi, 5 kishi Oltiariqdagi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri esa vafot etgan.
Ayni paytda qoʻlbola araq tayyorlagan gumondor shaxs ushlangan. Maʼlum boʻlishicha, u bir necha kafe va oilaviy oshxonalarga shu araqni sotgan.
Holat boʻyicha jinoiy ish ochilgan, tergov harakatlari olib borilyapti.




