"Koinotdagi urush": AQSh generali xavotirli bayonot berdi
Soltsman samodagi harbiy harakatlar natijasida koinotning ifloslanishi koʻplab avlodlarga taʼsir qilishini taʼkidladi.

AQSh Koinot kuchlari qoʻmondoni general Chens Soltsman koinotdagi sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ehtimoliy urush butun insoniyat uchun xavf tugʻdirishi mumkinligidan ogohlantirdi. Newsweek nashriga bergan intervyusida u bunday mojaro havoda, quruqlikda va dengizda olib borilayotgan anʼanaviy urushlardan ham halokatliroq boʻlishi va odamlar hayoti uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.
Soltsman samodagi harbiy harakatlar natijasida koinotning ifloslanishi koʻplab avlodlarga taʼsir qilishini taʼkidladi. Uning taʼkidlashicha, AQSh oʻz harbiy maqsadlariga erishish uchun ehtimoiy dushmanni Amerika sunʼiy yoʻldoshlarini nishonga olish imkoniyatidan mahrum qilishi kerak. Bu, generalning fikriga koʻra, anʼanaviy maʼnoda urushdir.
Maqolada koinotda ishlashga qodir boʻlgan birinchi qurollar fashistlar Germaniyasi tomonidan yaratilgani ham qayd etilgan. Qoʻshma Shtatlarning azaliy raqibi Rossiyada kosmik kuchlar 1992 yilda paydo boʻlgan va 2015 yilda havo kuchlari tarkibiga kirdi. Shuningdek, qudratli mamlakatlar kosmosga yoʻnaltirilgan harbiy tuzilmalarni yaratayotgani qayd etilgan. Ular orasida Xitoy, Hindiston kabi yirik davlatlar bor.