Qoraqalpogʻiston: olis ovullar aholisi hayoti va muammolari
Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi 18 ta vazirlik va idora masʼullaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib oʻrganishlar olib bormoqda.
Prezident topshirigʻiga asosan olib borilayotgan “Obod koʻcha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamdagi amaliy ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarida ham jadallik bilan davom etmoqda.
Aholini oʻylantirib kelayotgan muammolarga oʻz vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi 18 ta vazirlik va idora masʼullaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib oʻrganishlar olib bormoqda.
Dasturga muvoffiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumani “Raushan” OFY, Ellikqalʼa tumani “Qavat qalʼa” MFY, Boʻzatov tumani “Aspantay” OFY, Taxiatosh tumani “Jayxun” MFYlarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tanlangan hududlarda 10 kilometrga yaqin ichki tuproq yoʻllar qum-shagʻal qorishmasi bilan qoplanib, tayyorlanib qoʻyildi, 5 kilometrdan ziyod tabiiy gaz quvurlari kapital taʼmirdan chiqarildi. Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 1 ta yangi transformator oʻrnatildi, 6 kilometr SIP kabellar tortildi hamda 120 dan ziyod yangi beton tayanch ustunlar oʻrnatildi.
Ellikdan ziyod kam taʼminlangan, ijtimoiy yordamga muxtoj oilalar xonadonlarida kapital va joriy taʼmirlash ishlari ketmoqda, tomorqalari tartibga keltirilmoqda. 20 gektarga yaqin yerlar tozalanib, 100 tonnadan ziyod chiqindi olib chiqib tashlandi.
Aholi sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida 2 000 ga yaqin fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Natijada, 53 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanishga order ajratildi, 42 nafar fuqaroga tuman tibbiyot markaziga yoʻllanma berildi, 300 ziyod fuqaroga esa bepul dori-darmonlar yetkazildi.
Oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini taʼminlash maqsadida tikuvchilik va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 12 nafar fuqaroga 140 million soʻmlik subsidiya, 70 nafar fuqaroga 1.3 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari ajratib berildi. Shu bilan birga 42 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi hamda 60 nafari haq toʻlanadigan jamoatchilik ishlariga jalb qilindi.
Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi vakillari aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarining qish mavsumiga tayyorgarligini ham oʻrgandi. FVB tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, mingga yaqin xonadon moʻrilari tozalandi, oʻndan ziyod ijtimoiy obʼektlar yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻrganib chiqilib, koʻmir saqlash omborlari tartibga keltirildi.