Prezident bir guruh oʻqituvchilarni mukofotladi
1 oktabr — ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan bir qator oʻqituvchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, sohada tub islohotlar samarasini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonlariga milliy va ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir guruh oʻqituvchi-murabbiylar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
«Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi» faxriy unvoni bilan
- Achilov Doʻsmurot Toshmurotovich - Karmana tumanidagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati
- Abdullayeva Dilbar Axmadovna - Jizzax shahridagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi» faxriy unvoni bilan
- Atajonov Ozod Artikovich - Hazorasp tumanidagi 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati
- Petrova Natalya Nikolayevna - Kattaqoʻrgʻon shahridagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Samarqand viloyati
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
- Sodiqov Qosimjon Pozilovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori
- Eshtayev Anvar Kurganovich - Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
- Shadmanov Alisher Kayumovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
- Abdiyev Egamshukur - Koson tumanidagi 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati
- Absalamova Muxabbat Qaxramonovna - Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
- Axmadjonov Xasanboy Mirxakimovich - Paxtaobod tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining nemis tili fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati
- Ziyoyeva Adolat Nurmatovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent viloyati
- Israilov Baxriddin Muxammadiyevich - Samarqand shahridagi 59-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati
- Urunboyev Shuxrat Minojidinovich - Fargʻona tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati
- Sharipova Muborak Mirzajonovna - Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati
«Doʻstlik» ordeni bilan
- Abdunazarov Akmal Rahimovich - Tayloq tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Samarqand viloyati
- Abipova Zamira Maksetbayevna - Nukus shahridagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Allaberganova Feruza Saparbayevna - Qoʻshkoʻpir tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining nemis tili fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati
- Asrorov Isak Urozboyevich - Sardoba tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati
- Yerejepova Aliya Nurberdiyevna - Tomdi tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati
- Ismatova Latofat Ubaydulloyevna - Sariosiyo tumanidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
- Kamalov Amangeldi Bazarbayevich - Nukus davlat pedagogika institutining fizika oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Karimov Madjit Malikovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori
- Kim Natalya Konstantinovna - Oʻrta Chirchiq tumanidagi 59-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
- Kulanov Danabay Burxanovich - Gʻallaorol tumanidagi 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
- Qudratov Yusup Xolmirzayevich - Koʻkdala tumanidagi 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati
- Muradova Matlubaxon Maxamadjonovna - Fargʻona viloyati «Muruvvat» nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi
- Nabokina Alla Vladimirovna - Yakkasaroy tumanidagi 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fransuz tili fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
- Nishonov Dodonishon Xomidjonovich - Soʻx tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati
- Odinsova Natalya Yurevna - Yashnobod tumanidagi 204-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri
- Permatova Nailya Rifkatovna - Jarqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
- Raximova Dilfuza Nigmatovna - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining menejment nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri
- Tadjibayev Nozim Xakimjanovich - Uchqoʻrgʻon tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining tarix fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati
- Toʻychiyev Abdurauf Sharobidinovich - Asaka tumanidagi 24-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati
- Xafizov Alisher Raximovich - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati
- Yusupova Ofeliya Yunusovna - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi professori
II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
- Abduraxmonova Moxiraxon Ortiqovna - Qoʻqon shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati
- Aliyev Rayimjon - Andijon davlat universitetining fizika kafedrasi professori, Andijon viloyati
- Axmedova Masuda Xaydarovna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining torli cholgʻular boʻlimi maxsus fan oʻqituvchisi
- Jumanazarov Umurzak Abdurazakovich - Jizzax davlat pedagogika universitetining boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, Jizzax viloyati
- Kenjayeva Zamira Normaxmatovna - Urgut tumanidagi 87-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Samarqand viloyati
- Kilichov Kodir Bobakulovich - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
- Kuchmuradova Barnna Ernazarovna - Mirzaobod tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati
- Matyakubova Zulxumor Adambayevna - Uchtepa tumanidagi 81-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
- Muxamedova Mukambar Djurayevna - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining biologiya fani oʻqituvchisi
- Nurullayeva Shoira Kushnazarovna - Urganch davlat universitetining tarix kafedrasi dotsenti, Xorazm viloyati
- Nushbakova Karomat Normurodovna - Navoiy shahridagi 8-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati
- Raximova Zulayxo Ismoyilovna - Urganch tumanidagi 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati
- Rustamova Mavlyuda Erkinovna - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining kafedra katta oʻqituvchisi
- Samatov Nurilla Fayzillayevich - Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi
- Tadjiyev Mirxatam Mirodilovich - Qibray tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
- Tajimova Muxabbat Abdukadirovna - Beruniy tumanidagi 7-maktabgacha taʼlim tashkiloti mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Temirova Gulnoza Nematovna - Nurota tumanidagi 36-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati
- Tleuova Dilbar Abduraxmanovna - Moʻynoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Xalmurodov Avlakul Kosimovich - Shahrisabz tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati
- Xotamova Munavvar Sayfulloyevna - Buxoro shahridagi 12-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati
- Shodiyeva Muhabbat Aminovna - Sherobod tumanidagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabining dutor sinfi oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
- Shodmonaliyeva Muxayyo Baxodirovna - Izboskan tumanidagi «Liderlar maktabi» nodavlat taʼlim muassasasi taʼsischisi, matematika fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati
- Yusupova Maxpuza Numanovna - Namangan muhandislik-texnologiya institutining manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish kafedrasi professori, Namangan viloyati
«Sogʻlom turmush» medali bilan
- Axadova Sanoat Xabibovna - Samarqand tumanidagi 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tojik tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati
- Berdiyeva Shaxnoza Ergashevna - Sharof Rashidov tumanidagi 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
- Vaxabov Abduxamid - Fargʻona viloyati Chim ustida xokkey federatsiyasi ijrochi direktori, murabbiysi
- Garjiyev Ilmurat Xalmuxammetovich - Toʻrtkoʻl tumanidagi 38-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Ismoilova Gulnora Samandarovna - Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi, Andijon viloyati
- Madrahimova Dildora Mirzaakbarovna - Oʻzbekiston tumanidagi «Yangi umid va ishonch» oilaviy bolalar uyi rahbari, Fargʻona viloyati
- Sagitov Mirxan Mirgaziyan - Toshkent shahridagi «Tashkent Runners» yuguruvchilar jamiyati rahbari
- Tursunova Marhabo Teshayevna - Vobkent tumanidagi 1-maktabgacha taʼlim tashkiloti defektologi, Buxoro viloyati
- Tursunova Munavar Ergashevna - Kitob tumanidagi «Zvyozdochki kosmosa» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Qashqadaryo viloyati
«Shuhrat» medali bilan
- Abdrasuliyeva Arzayim Sabirbayevna - Qonlikoʻl tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Abdulakimova Diljaxon Boltayevna - Termiz davlat universiteti akademik litseyining tarix fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
- Abdullayev Sarvar Ravshanovich - Toshkent shahridagi Inha universiteti lektori
- Abdullayeva Feruza Erkinovna - Norin tumanidagi 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati
- Aliyorov Mansurxon Mashrabovich - Pop tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati
- Ashiraliyeva Nilufar Ummatkulovna - Sirdaryo tumanidagi 71-aqli zaif bolalar uchun maktab-internatining texnologiya fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati
- Buryak Yelena Vladimirovna - Zarafshon shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati
- Gayepov Saidjon Utkirovich - Qarshi shahridagi 18-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati
- Gulomova Dilbarxan Sadikovna - Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati
- Doniyorova Aziza Maxmudovna - Guliston shahridagi «Intellekt» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Sirdaryo viloyati
- Dushayeva Zamira Pirnazarovna - Jomboy tumanidagi 17-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati
- Jaxonov Mexriddin Jamolivich - Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati
- Ibragimov Azizbek Isroilovich - Olmaliq shahridagi «Buxoro maktabi» nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, tarix fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
- Kim Vitaliy Nikolayevich - Mirobod tumanidagi «Mates» nodavlat taʼlim muassasasi taʼsischisi, ingliz tili fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
- Qaxorova Shahnoza Sunnatillayevna - Navoiy shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati
- Qilichov Neʼmatjon Yuldashovich - Xiva shahridagi 121-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati
- Nazirov Xolimboy Nishonovich - Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
- Ramazonova Gulnoz Xalilovna - Buxoro tumanidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati
- Raximov Xaitmurat Usmanovich - Chiroqchi tumanidagi 124-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati
- Raximova Xurzoda Kamulovna - Chirchiq shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
- Raxmatov Mirolim Toʻxtayevich - Gʻijduvon tumanidagi «The school of mathematical academy» nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati
- Sattarova Xolida Azadovna - Xonqa tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, Xorazm viloyati
- Soataliyeva Matluba Murodovna - Chortoq tumanidagi 4-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati
- Subonova Guzal Uktamovna - Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
- Sultanova Odina Gʻopurovna - Bekobod shahridagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
- Umarova Feruza Abidinovna - Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
- Oʻrmonov Neʼmatillo Maxamedovich - Xoʻjaobod tumanidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabining texnologiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati
- Xidoyatova Nargiza Sadiqjonovna - Yunusobod tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri
- Xudayorov Hamza Murtazovich - Guliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati
- Xolbutayeva Muqaddas Mamatmuratovna - Jizzax politexnika instituti akademik litseyining biologiya fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
- Xolmirzayev Sardor Zafar oʻgʻli - Shoʻrchi tumanidagi 125-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
- Xolmurzayev Xayotjon Kirgizbayevich - Fargʻona tumanidagi «Le Crayon» nodavlat taʼlim muassasasi taʼsischisi, kimyo fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati
- Xudoynazarov Ilyos Abdurasulovich - Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani oʻqituvchisi
- Shaymardanova Gavxar Egamberdiyevna - Oltinsoy tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
- Sherqulova Jamila Payanovna - Qarshi davlat universitetining mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati
- Shodmonova Shaira Saidovna - Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika kafedrasi professori
- Eshonjonov Jamoldin Baxromjonovich - Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati