Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga yetib bordi
Mehmonni Berlin federal oʻlkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpringer va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni tashrif bilan Berlin shahriga yetib bordi. Uni Germaniya Federal kansleri Olaf Shols taklif qilgandi.
“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida mehmonni Berlin federal oʻlkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpringer va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida qatnashadi, Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal kansler Olaf Shols bilan muzokaralar oʻtkazadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham oʻrin olgan.