platina.uz
Jamiyat

Portlash joyiga bosh vazir va boshqa masʼullar yetib bordi

Ayni paytda yongʻin maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda.

Portlash joyiga bosh vazir va boshqa masʼullar yetib bordi

Sergeli tumanidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada yuz bergan portlash joyiga bosh vazir Abdulla Aripov, Ichki ishlar vaziri va poytaxt hokimi va boshqa masʼullar yetib borgan.

Ayni paytda yongʻin maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda. Voqea joyida 12 ta avtotsisterna va 4 ta maxsus jihozlangan avtomashina, tez-tibbiy yordam xodimlari ishlayapti.

Yongʻin oqibatida jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyat filialiga olib borilgan.

Hozirga qadar ular orasida oʻta ogʻir tan jarohati olganlar yoʻqligi aytilgan. Yongʻin oqibatida voqea joyi va uning atrofidagi xonadonlarda jarohatlanganlarga ham shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid