Abdusattorovda kumush, Sindorovda bronza. Soʻnggi natijalar

Shuningdek, Umida Omonova Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medalni taqdim qildi.

Sport
28-sentabr 2023 yil
Abdusattorovda kumush, Sindorovda bronza. Soʻnggi natijalar

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham delegatsiyamiz hisobiga qoʻshaloq medallar taqdim qildi.

Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan kumush, Javohir Sindorov esa 6.5 ochko bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shuningdek, Umida Omonova Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medalni taqdim qildi. 9 tur yakuniga koʻra, Omonova 6.5 ochko bilan ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Oʻq otish dasturida delegatsiyamiz hisobiga yana bir medal yozildi. Vladimir Svechnikov 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish dasturida bronza medaliga sazovor boʻldi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+