platina.uz
Jamiyat

Is gazidan qurbon boʻlayotganlarda odamlarning oʻzi aybdor qilindi

Faqat odamlarni ayblash emas, tanganing ikki tomoni ham oppoq emasligini tan olish kerakdir.

Is gazidan qurbon boʻlayotganlarda odamlarning oʻzi aybdor qilindi

Is gazidan odamlar oʻlishi har yili kuzatiladi, ammo axborot texnologiyalari asrida buning oldini olishga joʻyali bir ish qilinmaydi. Is gazidan zaharlanishda dunyo tajribasi oʻrganilganmi, ularda holat qanaqa?

Bugun AOKAda "Kuz-qish mavsumida yuzaga kelashi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlar" mavzusida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida shu savolga quyidagicha javob berildi:

“Isitish tizimidagi favqulodda vaziyatlarning yuz berishi birinchi marta insonlarga bogʻliq. 2020 yillarda is gazidan zaharlanish ijtimoiy muammoga aylangandi. Hozir ahvol ancha yaxshi va sodir boʻlish keskin pasaygan. Biz mavsum tugagandan soʻng bu mavsumdagi barcha kamchiliklarni sarhisob qilamiz. Va bu sarhisoblar vaziyatlarni yaxshilayapti. Is gazidan zaharlanishning asosiy sabablaridan biri insonlar oʻz xavfsizligini oʻylamayotgani”, deydi FVV boshqarma boshligʻi Oʻlmas Muzaffarov.

Ammo, bilasizki, barcha holatlar ham inson omiliga borib taqalavermaydi. Tunda isinishga gazdan boshqa tizimdan foydalanmaydigan xalq gazni oʻchirib uxlamaydi. Natijada oʻzi shundoq ham yetishmayotgan gaz tunda oʻchadi. Faqat odamlarni ayblash emas, tanganing ikki tomoni ham oppoq emasligini tan olish kerakdir. Yuqorida aytganimizdek, axborot texnologiyalari asrida buning oldini olishga joʻyali bir ish qilinmaydi. Shunchalik aholi aybdor ekan, uy qurilishiga FVV taklif bilan chiqib, havo aylanish tizimini joriy qilish kerakdir.

Maʼlumot uchun, 2022 yilda is gazi tufayli jabrlangan va vafot etganlar soni qariyb 200 nafar boʻlgan. 2022 yilda 90 dan ortiq is gazi bilan zaharlanish holati qayd etilgan. Bu haqda FVV maʼlumotlari asosida IIV axborot xizmati xabar bergandi.

Maʼlum qilinishicha, 2022 yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Oqibatida 50 nafar fuqaro jabrlangan. 146 nafar odam vafot etgan.

2022 yil 24 may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining yigʻilishida 2020 yildan boshlab 2022 yilning may oyigacha Oʻzbekistonda is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq 428 ta holat sodir boʻlgani, oqibatda 366 nafar fuqaro vafot etgani va 307 kishi turli darajada jarohat olgani aytilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid