platina.uz

Ijarami yoki yotoqxona?

Platina.uz poytaxtdagi “Talabalar shaharchasi” da boʻlib, talabalarning yashash manzillari va ularning narxlari bilan qiziqdi.

Jamiyat
26-sentabr 2023 yil

Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan oʻz uyidan uzoqda, yaʼni boshqa hududda oʻqiydigan talabalarda turar joy bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi. Bu muammo koʻproq poytaxtda oʻqiydigan talabalarda yuzaga kelishi sir emas. Platina.uz poytaxtdagi “Talabalar shaharchasi” da boʻlib talabalarning yashash manzillari va ularning narxlari bilan qiziqdi.

Muammo shu qadar katta ildiz otganki, ularning aytishicha, talabalar oʻqishlari boshlanishi bilanoq, birinchi oʻylaydigan narsasi bu turar joy masalasi boʻladi. “Turar joy muammo koʻpchilikka yoqmaydi. Siz sentabrda kelganingizda, birinchi boʻlib oʻqish haqida oʻylamaysizda. Qayerda yashashni oʻylaysiz. Natijada, sizda oʻqish nechanchidir darajada boʻladi, toki topguningizga qadar”, deyishmoqda.

Tahlillarimizga koʻra koʻpchilik respondentlarimiz ijarada turishar ekan. Ularning aytishicha, eng kam ijara narxi bir kishi uchun 600 mingdan 900 minggacha (soʻmda hisoblaganda) davom etadi. Ijara shartnoma orqali universitetdan ajratilayotgan pul ham yordam boʻlayotganini taʼkidlab oʻtishdi.

Biroq ularning ichida sentabr oyi yakunlanayotganiga qaramay kvartira qidirib yurganlar bor.

Odinaxon Dehqonova

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+