Osiyo oʻyinlari: ikkita oltin va bitta kumush qoʻshildi
Oʻzbekiston umumiy hisobda bir pogʻona koʻtarildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida hozircha 4-oʻrinda bormoqda.
Sportchilariz hisobiga ikkita oltin va bitta kumush qoʻshildi.
Musobaqalar 8 oktabr kunigacha davom etadi.
Avvalroq oʻzbekistonlik sportchilar Osiyo oʻyinlarini 7 ta medal bilan boshlagani xabar berilgandi. Jamoa 5-oʻrinda borayotgandi.