Saudiya Arabistoni mustaqilligi, "diplomatiya"ga asos solingan kun
Platina.uz 23 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

23 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim xabarlar.
Xalqaro imo-ishora tillari kuni.
Oʻzbekistonda Mehrjon bayrami (kuz bayrami). Bu bayramlar Xorazmda “Chiri-ruj”, Samarqandda “Nim-sarda” kabi nomlarda yuritiladi. U kuzgi kun va tun tengligini, hosil yigʻish yakunini, qishga tayyorgarlik koʻrish kabi hodisalarni aks ettiruvchi bayram. Tarixda 10-15 asr mobaynida Navroʻzdan soʻnggi ikkinchi katta bayram hisoblangan, yil yarmi vazifasini ham oʻtagan. Oʻrta asrlarda turli bayramlarga boʻlinib ketgan. Hozirgi kunda kuz bayrami, kuzgi kun va tun tengligi, anʼanaviy (eski) “yil yarmi” mehr-shafqat tadbirlari sifatida tabiiy saylgohlarda, madaniy bogʻ, oʻyingohlarda, maydonlarda turli koʻrgazmalar, koʻrik-tomoshalar, musobaqalar kabi shakllardan foydalanib oʻtkazilmoqda. Bu bayram barcha qishloq xoʻjalik xodimlarining- bogʻbonu sabzavotkor, gʻallakoru paxtakor, sohibkoru pillakorlarning yil davomida erishgan gʻalabalarini, mehnat mavsumining yakunlanishini tantana qiladigan yirik anjuman hisoblanadi.
Respublikamizda mazkur bayramlarni oʻtkazish borasida oʻziga xos tizim vujudga kelmoqda. Ular avvaliga koʻpgina yirik tuman markazlarida tashkil qilinib, unda tumandagi barcha jamoa xoʻjaliklari oʻzlarining yetishtirgan mahsulotlari bilan qatnashadi. Soʻngra shu tartibda viloyat markazlarida, barcha tumanlarda olingan hosillarning eng yaxshi natijalari targʻibot etiladi. Soʻng maxsus joyda xalq sayllari boshlanadi. Kechki payt tuman madaniyat uyida pilla yetishtirish boʻyicha majburiyatlarni bajargan ilgʻorlarni taqdirlashga bagʻishlangan tantanali kecha va konsert uyushtiriladi.
Yaponiya va Meksikada kuzgi tengkunlik bayrami kuni. Bu kunda yaponlar qadimiy buddaviylar xigon bayramining rasm-rusumlarini amalga oshirishadi. Meksikada esa kuzgi tengkunlik kunida qadimiy Chichen-Itsa shahridagi mashhur Kukulokan piramidasini ziyorat qilishga harakat qilishadi.
1848 yil – amerikalik Jon Kertis uyda birinchi saqich ishlab chiqardi.
1873 yil – Sankt-Peterburgda kerosin lampalari oʻrniga dunyodagi birinchi elektr lampalar yoqildi.
1932 yil – Saudiya Arabistoni mustaqillikka erishgan. Mamlakat hududi asosan sahrodan iborat. Qirgʻoq boʻylab torgina vodiylar joylashgan. Janubi-gʻarbida uncha katta boʻlmagan togʻ tizmalari bor.
1939 yil – Nyu-Yorkdagi Butunjahon koʻrgazmasi paytida 6939 yilda ochilishi kerak boʻlgan vaqt kapsulasi qoʻyildi. Kapsula ichida ayolning shlyapasi, erkakning chekadigan trubkasi va 1100 ta mikrofilm bor edi.
1989 yil – Ozarbayjon tili Ozarbayjonning davlat tili deb eʼlon qilindi. “Ozarbayjon SSR suvereniteti toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
1992 yil – Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etilgan. Universitetning koʻpgina talabalari AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya universitetlarida bakalavriatura, magistratura bosqichlarida taʼlim olmoqda.
1997 yil - Yandex.Ru qidiruv tizimi eʼlon qilindi.
2002 yil – Belgiyada evtanaziya toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi. Evtanaziya – davolab boʻlmaydigan kasallikka chalingan odam yoki boshqa tirik mavjudotning hayotini tugatish va bu kasallik natijasida chidab boʻlmas azob-uqubatlarni boshdan kechirish amaliyoti.
2008 yil – Android operatsion tizimining birinchi versiyasi taqdim etilgan.
2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining videokonferensiya shaklida oʻtgan 75-sessiyasida nutq soʻzladi. Bu maʼruza tarixga muhrlangani shubhasiz. Chunki ilk bor dunyo hamjamiyatiga oʻzbek tilida murojaat qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingan.
Tavalludlar.
1123 yil – Buyuk faqih, imom Burhoniddin Margʻinoniy tavallud topgan. Margʻilon shahar markazida Burhoniddin Margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatilgan.
1943 yil – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Noila Toshkenboyeva;
1943 yil – “Oskar” mukofoti sovrindori mashhur qoʻshiqchi Xulio Iglesias tavallud topgan kun. Xulio oʻsha avlod vakillari ichida eng iqtidorli futbolchilaridan sanalar va Madridning “Real” jamoasi sharafini himoya qilardi. Klubda Xulioga katta umid bogʻlashardi.
1953 yil – usta kulol, Gʻijduvon kulollik maktabining 7- avlod vakili, Oʻzbekiston xalq ustasi Alisher Nazrullayev tavallud topgan.
1984 yil – Xonanda Mustafo tavallud topgan kun.